Kontent qismiga oʻtish

Debet

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Debet (lotincha: debet — u qarzdor) — ikki tomonlama (oʻng va chap) jadval koʻrinishidagi buxgalteriya hisob varaqlarining bir (chap) tomoni. Korxonaning pul vositalari va moddiy boyliklari zaxirasi (aktivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning D. tomonida oy boshida boyliklarning mavjudligi (nakdligi) va oy davomida ularning tushumi koʻrsatiladi. Vositalarning manbalari (passivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning D. tomonida manbalarning kamayishi, mas, korxonadan qarzdorlarning qarzi kamayganligi ifoda etiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil