Kontent qismiga oʻtish

Defibrer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Defibrer (fransuzcha: „defi breur“ — tolani maydalash) — yogʻoch massasi yoki sellyuloza olish uchun dumaloq yoki yorilgan yogʻochni (uz. 1–3 m, diametri 8—24 sm) aylanib turgan jilvir tosh yordamida qirib yogʻoch massasi olish uchun moʻljallangan mashina. Davriy ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillari boʻladi. Davriy ishlaydigani gidravlik, magazinli; uzluksiz ishlaydigani vintli, zanjirli va halqali turlarga boʻlinadi. Jilvir toshi kvars-sement yoki keramik toshdan qilingan uzluksiz D. kengroq ishlatiladi. Unda toʻxtovsiz aylanib turadigan plastinkali zanjirlar yogʻochni jilvir toshlarga qisib beradi, jilvir toshlar yogʻochni qirib, yogʻoch massasiga aylantiradi. D. qogʻoz va karton ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil