Kontent qismiga oʻtish

Defibrillyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Defibrillyator (UOMZ) umumiy koʻrinishi.

Defibrillyator yurak urishini normal holatga qaytarish uchun yurakka elektr impuls yoki zarba yuboradigan tibbiy qurilma. Defibrillyator aritmiyalarni oldini olish yoki tuzatish uchun qoʻllanadi. Agar yurak toʻsatdan toʻxtab qolsa, defibrillyator yurak ishini qayta tiklashi mumkin.[1][2]

Bugungi kunda defibrilatorning bir qancha turlari ishlatiladi:

  1. Qoʻlda ishlatiladigan (manual) tashqi defibrillyator. (odam tanasiga tashqi tomondan defibrillyatsiya amaliyoti qoʻllanadi).
  2. Qoʻlda ishlatiladigan (manual) ichki defibrillyator. (yurakning ochiq jarrohlik amaliyotlari vaqtida bevosita yurakning oʻziga defibrillyatsiya amaliyoti oʻtkaziladi).
  3. Avtomatlashtirilgan tashqi defibrillyator.
  4. Implantatsiyalanadigan kardioverter defibrillyator. (odam yuragiga operativ usulda qoʻyiladi).
  5. Koʻkrak qafasiga ulab qoʻyiladigan defibrillyator.

Defibrillyator birinchi marta 1899-yilda Shvetsariyaning Jeneva universiteti fiziolog olimlari Jean-Louis Prévost va Frédéric Batelli tomonidan yaratilgan. Ular kichikroq zaryad itlarda qorinchalar fibrillyatsiyasiga olib kelishi mumkinligi, kattaroq zaryad esa fibrillyatsiyani yoʻqotilishiga olib kelishi mumkinligini aniqladilar. [1] Bugungi kunda maʼlum boʻlgan qoʻlda ishlatiladigan tashqi defibrillyator 1930-yilda elektrotexnika muhandisi William Kouwenhoven tomonidan ixtiro qilingan. William Kouwenhoven Johns Hopkins universiteti talabasi boʻlganida elektr toki urishi va uning odam yuragiga taʼsirini oʻrganadi. William Kouwenhoven kuzatuvlarini Claude Beck tajribalarda sinab koʻrdi va 1947-yilda 14 yoshli bemorning yuragida operatsiya amaliyoti oʻtkazayotganida, bemor yuragi toʻxtab qolganligi sababli birinchi marta qoʻlladi. Claude Beck110voltli tok kuchi bilan defibrillyatorning ikki "qoshiqchasi" orqali yurakka taʼsir oʻtqizadi, birinchi urinish muvofaqiyatsiz boʻlsada, ikkinchi urinishda muvofaqiyatli amalga oshdi va bemor hayotga qaytdi. Ammo bundan soʻng yopiq koʻkrak qafasiga manipulyatsiyani oʻtqazganlar qovurgʻa sinishi, terining kuyishi, yurak mushaklarining shikastlanishi kabi asoratlarga duchor boʻlishdi.[3]

Har qanday defibrillyator batariya, dasturlashtirilgan "kompyuter qsim" hamda elektrodlardan tashkil topadi.

Ishlash mexanizmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avtomatlashtirilgan tashqi defibrillyator

Avtomatlashtirilgan tashqi defibrillyator

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻplab jamoat joylarida oʻrnatilgan avtomatlashtirilgan tashqi defibrilyator (AED) dan favqulotda vaziyatlarda maxsus odamlar ham bu qurulmadan foydalanishi mumkin.Bu defibrilyatorning sensorli elektrodlari boʻlib, yordam koʻrsatuvchi ushbu elektrodlarni shunchaki bemorning koʻkrak sohasiga yopishtirishi talab qilinadi. Elektrodlar orqali bemorning yurak ritmi haqidagi maʼlumotlar AED ning kompyuteriga yuboriladi. Kompyuter qism yurak ritmini tahlil qiladi va agar kerak boʻlsa, elektrodlar orqali maxsuslashgan elektr kuchi orqali zarba beradi.

Implantatsiyalanadigan kardioverter defibrillyator

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Implantatsiyalanadigan kardioverter defibrillyator (ICD) lar jarrohlik yoʻli bilan koʻkrak qafasi yoki oshqozon sohasiga joylashtiriladi. Bu yerda joylashtirilgan qurilma aritmiyalarni tekshirishi mumkin. Agar yurak ritmida buzilish yuzaga kelsa ICD yurak ritmini tiklash uchun zarba yuboradi. ICD yurakning peysmeker hujayralariga oʻxshasada, ammo turli holatda turlicha elektrik zarba berish qobilyatiga ega. ICD maxsus maʼlumotlar ketma-ketligi bilan ishlaydi: ritm buzilishlarida dastlab kichik zaryad beradi, agar kichik zaryad ritmni tiklay olmasa, soʻng katta zaryadga oʻtadi.[4]

Manual defibrilyator

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻlda ishlatiladigan tashqi defibrilyator tibbiy xodim boʻlishini talab qiladi.[5][6] Bunday defibrilyator tarkibida elektrokardiogramma mavjud boʻlib, tibbiy xodim holatni baholay olishi kerak. Oʻz navbatida bunday defibrillyatorlar koʻchiriladigan va maxsus xona (jonlantirish boʻlimi)da oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Shifokor dastlab elektrokardiogramma yozuviga baho beradi va kerak boʻlsa, maʼlum ketma-ketlikda 3martagacha elektr zarba berishi mumkin. Manual defibrillyatorning 2 elektrodi boʻlib, elektrodlarning oʻzida har birining qoʻyish oʻrni yozib qoʻyilgan. Apex elektrod yurak choʻqqisiga, sternum elektrodi toʻsh suyagi dastasidan biroz oʻngda. Shuningdek, elektrodlarning oʻzida uchta raqamlangan tugma boʻlib, 1-tugma elektr kuchlanishni kiritadi, 2-tugma zaryadni yigʻadi, 3-tugma zaryadni tarqatadi.

Manual elektrodni ishlatayotganda 2 qoidaga amal qilish kerak:

  • Birinchidan, elektrod va bemor tanasi orasida tuklar boʻlmasligi, kontakt toʻliq boʻlishi, iloji boricha elektrod qoʻyiladigan sohaga izotonik eritma bilan ishlov berish kerak.
  • Ikkinchidan, tok kuchi berilyotganda, elektrodlar bemor tanasiga taxminan 10 kg yukli bosim bilan bosiladi.
  1. oʻpka yurak reanimatsiyasi[7]
  2. qorincha fibrilatsiyasida
  3. pulssiz qorincha taxikardiyasida[1]

Qarshi koʻrsatma[1]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. bemor hushida boʻlsa
  2. puls mavjud boʻlsa

https://medlife.uz/encyclopedia/d/defibrillyatsiya/

https://en.wikipedia.org/wiki/Defibrillation

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Ong, ME; Lim, S; Venkataraman, A (2016). "Defibrillation and cardioversion". In Tintinalli JE; et al. (eds.). Tintinalli's Emergency Medicine: A Comprehensive Study Guide, 8e. McGraw-Hill (New York, NY).
  2. Kerber, RE (2011). "Chapter 46. Indications and Techniques of Electrical Defibrillation and Cardioversion". In Fuster V; Walsh RA; Harrington RA (eds.). Hurst's The Heart (13th ed.). New York, NY: McGraw-Hill – via AccessMedicine.
  3. https://www.nhlbi.nih.gov/health/defibrillators
  4. https://www.hopkinsmedicine.org/health/treatment-tests-and-therapies/implantable-cardioverter-defibrillator-icd-insertion
  5. Beaumont, E (2001). "Teaching Colleagues and the General Public about Automatic External Defibrillators". Medscape. Prog Cardiovasc Nurs. Archived from the original on January 23, 2017. Retrieved December 8, 2016.
  6. Center for Devices and Radiological Health. "External Defibrillators - External Defibrillator Improvement Initiative Paper". www.fda.gov. Archived from the original on 2016-11-10. Retrieved 2016-12-08.
  7. Venegas-Borsellino, C; Bangar, MD (2016). "CPR and ACLS Updates". In Orpello JM; et al. (eds.). Critical Care. McGraw-Hill (New York, NY)