Kontent qismiga oʻtish

Defrage

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
DefRage
2012-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida; chapdan Andre Kaldas, Aleks Ohaka, Kari „Infinity“ Kärner, Argo Ollep, Andres Arens, menejer Alo Puusepp, Joonas Uus
2012-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida; chapdan Andre Kaldas, Aleks Ohaka, Kari „Infinity“ Kärner, Argo Ollep, Andres Arens, menejer Alo Puusepp, Joonas Uus
Umumiy maʼlumot
Janrlar Xard-rok, alternative metal
Faoliyat yillari 2007–2014
Veb-sayt Site on Facebook

Defrage — 2007-yilda tashkil etilgan Estoniya metal va rok guruhi. Guruh Estoniyada koʻplab konsert dasturlarini namoyish etgan va 2009-yilda „Save Us From Religion“ filmi uchun MTV Eesti mukofotining eng yaxshi musiqiy videosi uchun yoʻnalishida gʻolib boʻlgan[1]. Ular gastrol safarlari uchun pul yigʻish maqsadida avtoturargohlar va jamoat joylarida albomlarini sotishlari bilan ham mashhur boʻlishgan[2].

2007-yilning boshida Kari (ritm gitarachisi) oʻzining metal.ee veb-saytidagi „Amerika uslubidagi rok guruhi uchun guruh aʼzolarini qidirmoqda“ nomli eʼloni sahifasida Mikkdan (yakkaxon gitarachi) javob olganida, Defrage guruhi oʻzining ilk mashgʻulotlarini boshlagan edi. Koʻp oʻtmay, Daniel (dastlabki yillarda bass-gitara) va Sten (baraban) guruhga qoʻshiladi. Mashgʻulotlar asosan Mikkning otasiga tegishli boʻlgan eski garajda boʻlib oʻtardi. Dastlab, Kari qoʻshiqchisiz guruh bilan birga mashgʻulotlar olib borgan va bu orada guruh uchun yaxshi vokal-qoʻshiqchi qidiruv eʼlonini ham toʻxtatmagan. 

Guruh „Hotel Breakers“ qoʻshigʻi uchun video-klip suratga oladi va 2012-yil yanvar oyida Jackal albomini keng omma eʼtiboriga havola qiladi.

Yevropada bir yillik gastrol safaridan soʻng, Defrage 2013-yil may oyida ikkinchi „The Sick Letter“ albomini chiqaradi. Defrage har yili iyun oyida Avstriyada boʻlib oʻtadigan Nova Rock deb nomlangan Yevropaning kichik rok festivallaridan birida oʻz chiqishlarini amalga oshirar edi[3].

Defrage guruhining sobiq aʼzolari Kari Kärner, Andre Kaldas va Kevin Presmanndan tashkil topgan Illumenium nomli yangi guruh yaratilishidan oldin, 2014-yilda Defrage oʻz faoliyatiga yakun yasagan. Yangi guruh oldingi Defrage qoʻshiqlari, jumladan „The Sick Letter“ qoʻshigʻi bilan avvalgi guruh faoliyatini davom ettirgan[4].

Sobiq aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mikk Künnapas — yakkaxon gitarachi (2007-2008)
  • Artjom Jevstajev — vokal (2009-2011)
  • Kaspar Peterson — bass gitarachi (2009-2011)
  • Daniel Leppsoo — yakkaxon gitarachi (2007-2011)
  • Aleks Ohaka — yakkaxon gitarachi (2011-2014)
  • Andres Arens — barabanchi (2009-2014)
  • Joonas Uus — bass gitarachi (2011-2014)
  • Argo Ollep — vokal (2007-2009, 2011-2014)
  • Andre Kaldas — skriming vokal (2011-2014)
  • Kari „Infinity“ Kärner — ritm gitarachi, vokal (2007-2014)
  • Kevin Presmann — baraban (2014)

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Save Us From Religio(EP) (2008)
  • Save U.S. From Religion (maxsus nashr) (CD) (2010)
  • Jackal (Shoqol) (albom) (CD) (2011)
  • The Sick Letter (Bemorga xat) (albom) (CD) (2013)
  1. „MTV «Eesti TOP 100» võitis Pärnu bändi DefRage video «Save Us From Religion».“ (Estonian). Elu24.ee (2009-yil 25-fevral). Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
  2. Allkivi. „Vabandust, et tülitame! Kas olete kuulnud bändist nimega Defrage?“ (Estonian). Õhtuleht (2010-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  3. „Defrage (EE)“. 2013-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
  4. Hotellitubade hirmu Defrageʼi liikmed lõid uue bändi. Elu24. 9 December 2014.
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 20-sentyabr, 2022-yil(2022-09-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.