Defterdar masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Eyüp shahri |
Koordinatalar | 41°02′31″N 28°56′15″E / 41.042°N 28.9376°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Usmonli meʼmorchiligi klassik uslubi |
Binokorlik sanasi | 1542 yil |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Defterdar masjidi Vikiomborda |
Defterdar masjidi yoki Defterdar Mahmut afandi masjidi (turkcha: Defterdar Camii, Defterdar Mahmut Efendi Camii) – Istanbulning[1] Eyüp (talaffuzi: Eyup) shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid qurilishi defterdar (bosh xazinachi) Nazli Mahmut afandi (taxminan 1500–1546) tomonidan buyurtma qilingan va 1542-yilda meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan. Boshqa masjid gumbazlari tepasiga yarim oy shaklidagi ramziy belgi oʻrnatilib qoʻyilsa, ushbu bino gumbazining tepasida yarim oy oʻrniga masjid asoschisining kasbini ifodalagan holda „siyoh idishi va qalam“ qoʻyilgan (defterdar soʻzi defter, „daftar, roʻyxatga olish“ va -dar, „bajaruvchi“ degan maʼnoni anglatadi). Gumbazdagi siyoh va qalam 1997-yilda sodir boʻlgan boʻron tufayli buzilib ketgan. Oradan oʻn yil oʻtib, 2007-yil 30-mayda masjid gumbazining tepasiga yangi siyoh idishi va qalam oʻrnatilgan[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Defterdar Mahmut afandi masjidining orqa tomoni
-
Defterdar Mahmut afandi masjidining minoralar tomoni koʻrinishi
-
Defterdar Mahmut afandi masjidining ichki koʻrinishi
-
Defterdar Mahmut afandi maqbarasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Defterdar Ibrahim Pasha Mosque, located in Istanbul, Turkey, was built in 1661.“.
- ↑ Cumhuriyet (Newspaper), 3 June 2007, page 15 (turkcha)