Kontent qismiga oʻtish

Dehli universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Dehli universiteti
Fakultetlar 1,060[1]
Doktorantura 3,700[1]

Dehli universiteti ( DU, ISO : Dillī Viśvavidyālaya ), rasmiy nomi Dehli universiteti Hindistonning Dehli shahrida joylashgan markaziy universitet hisoblanadi. U 1922-yilda Markaziy Qonunchilik Assambleyasining akti bilan tashkil etilgan va Universitet Grantlar Komissiyasi (UGC) tomonidan Ulug'vorlik Instituti (IoE) sifatida tan olingan. Universitet shimoliy va janubiy kampuslari bo'ylab taqsimlangan 16 fakultet va 86 bo'limga va mintaqa bo'ylab joylashgan kollejlarga egadir. Unda 91 ta ta'sis kolleji mavjud.Ushbu universitet dunyodagi eng yirik universitet tizimlaridan biri hisoblangan bo'lib, o'z markaziy binosida va filiallarida umumiy hisobda 400 000 dan ortiq talaba tahsil olib kelmoqda[2]. Hindiston vitse-prezidenti universitetning rektori lavozimini egallagan. Universitet Milliy Institutsional Ranking Framework 2023-yilning hisobida dunyo bo'yicha 11-o'rinni egallagan.

Dehli universitetiga 1922-yilda Markaziy qonunchilik assambleyasining akti bilan asos solingan[3]. Hari Singx Gour 1922-yildan 1926-yilgacha universitetning birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

Dehli shahri boʻylab tarqalgan Dehli universitetiga qarashli 91 ta kollej mavjud bo'lib, Shimoliy va Janubiy kampus universitetning ikkita asosiy kampusi sifatida xizmat qiladi[4]. Yangi Dehlining markaziy qismida joylashgan Zokir Husain Dehli kolleji Dehli shahridagi eng qadimgi kollej hisoblanib, 327 yillik tarixga egadir.

Shimoliy kampus

[tahrir | manbasini tahrirlash]
San'at fakulteti

Shimoliy kampusda Dehli universitetining uchta ta'sischi kolleji joylashgan bo'lib, uning tarkibida bugungi kunda o'rganish uchun ochiq ta'lim maktabi, san'at fakulteti, huquq fakulteti va 16 ta kolleji, jumladan Kirori Mal kolleji, Lady Irvin kolleji, Daulat Ram kolleji, Hansraj kolleji, hind kolleji, ayollar uchun mo'ljallangan Indraprastha kolleji, Mata Sundri kolleji, Lakshmibai kolleji, Miranda House, Shri Guru Tegh Bahadur Xalsa kolleji, Ramjas kolleji, Sent-Stiven kolleji, Svami Shardxanand kolleji, Shri Ram savdo kolleji, Satyawati kolleji, Shyam Lal kolleji. Kampusda bundan tashqari, Klaster Innovatsiya Markazi, Dehli Iqtisodiyot maktabi, Dehli Jurnalistika maktabi [5] va Ambedkar Biotibbiyot Tadqiqotlar Markazi (ACBR) kabi aspirantura va tadqiqot markazlari ham joylashgan.

Janubiy kampus

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy kampus asosiy Dehli universitetini kengaytirish maqsadida 1973-yilda ochilgan. U 1984-yilda Dhaula Kuan yaqinidagi Benito Xuarez Margdagi bugungi kunda joylashgan joyiga ko'chib o'tgan va bino umumiy hisobda 69 akr joyni egallaydi. Uning tarkibiga Aryabhatta kolleji, Ayurveda va Unani Tibbiya kolleji, Gargi kolleji, Atma Ram Sanatan Dharma kolleji, PGDAV kolleji, Iso va Meri kolleji, Ramanujan kolleji, Maytreyi kolleji, Motilal Neru kolleji, Motilal Neru kolleji, shuningdek, Anand Ram kolleji kiradi. Shri Venkateswara kolleji, Lady Shri Ram kolleji, Deen Dayal Upadhyaya kolleji, Dehli san'at va tijorat kolleji, Uy iqtisodiyoti instituti, kasb-hunar kolleji, Shri Aurobindo kolleji, Kamala Neru kolleji, Dyal Singx kolleji, Shahid Bhagat Kollej va Rajkumari Amrit Kaur hamshiralik kollejidan iboratdir.

Fayl:DUCS.JPG
Matematika fanlari fakulteti

Dehli universitetining 86 ta akademik kafedra hamda 16 ta fakultetdan iborat.

  1. 1,0 1,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named nirf_stud
  2. „About Us“. Du.ac.in (2011-yil 26-fevral). 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-may.
  3. „Ministry of Human Resources and Development, Government of India“. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  4. „List of Colleges - University of Delhi“. careers360.com. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.
  5. „Delhi University College Profile: Cluster Innovation Centre“ (2015-yil 11-iyun). Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.