Dehqonchumchuqlar (Emberizidae) — sayroqi chumchukdar oilasi. Tanasining uz. 12,5—20 sm. Tumshugʻi konus simon oʻtkir, baʼzan yoʻgʻonlashgan ustki va ostki kesuvchi qirralari ichiga bukilgan. 82 urugʻi, 317 turi maʼlum. Oʻzbekistan faunasida Emberiza urugʻining 10 ta turi tarqalgan. Amerika orollari ayniqsa turlarga boy. Amerika turlaridan ayrimlari shim.sharqiy Sibirga ham oʻtadi. Ochiq joylarda (toshloq tundralar, togʻlarning quruq yon bagʻirlarida, butalar orasida, baʼzan oʻrmonlarda) yashaydi. Juda yoqimli sayraydi. Yerda uya quradi. 2— 6 tadan tuxum bosadi. Oʻsimlik urugʻi va boshqa qismlari, shuningdek, hasharotlar bilan oziqlanadi. Emberiza D. urugʻi turlarining nisbatan uzun, dumida oq dogʻlari boʻladi. Koʻpchilik turlari asosan qushlar uchib oʻtadigan erta bahor va kuz faslida uchrashi sababli D. deb ataladi.