Dehqonobod (shaharcha)
Qiyofa
Dehqonobod — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi shaharcha (1989-yildan). 1935-yilgacha Tanggʻaram qishogʻi deb atalgan. Tumanning janubida, Boysuntoğ tizmasining tarmogʻi Oqboshtogʻ etagida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Gʻuzor — 46 km. Dehqonobod hududidan Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Aholisi 7,4 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Dehqonoboddan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Oʻrta maktablar, internat maktabi, 2 klub, kasalxona, dorixona, bir qancha savdo, maishiy xizmat shaxobchalari, kichik, xususiy korxonalar mavjud. Aholi suvni Kichik Oʻradaryo va buloqlardan oladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |