Kontent qismiga oʻtish

Delfi festivallari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Delfi festivallari turli badiiy chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan bayramlardir. Festival (lotincha: festivus — quvnoq, bayramona) turli xil zamonaviy tillarda ommaviy bayramni anglatadi. Yunonistonning Delfi shahri va Delfi g‘oyasining qayta tiklanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ,,Delfi festivallari" nomi birinchi marta 1927-yilda paydo bo‘lgan va 1994-yildan keyin zamonaviy Delfi o‘yinlari tashkilotchilari tomonidan keng qo‘llanila boshlangan[1][2][3].

Yunonistondagi Panafiney va Panellenik o‘yinlar singari turli xil musobaqalarning homiylari — Afina, Zevs, Apollon, Poseydon xudolariga bag‘ishlangan ajoyib bayram marosimlarini o‘z ichiga olgan[4].

Istmian oʻyinlarida. Tasvir
1850-yilda nashr etilgan kitobda

O‘yinlar materikda, orollarda va hatto koloniyalarda, masalan, Qora dengiz Chersonezida o‘tkazilgan. Ushbu festivallarning eng mashhurlari safiga  Panafinaik, Olimpiya, Pifiya, Nemean va Istmian o‘yinlarining ochilish marosimlarini kiritish mumkin. Ularning bayramona tabiati turli ensiklopedik manbalarda ham qayd etilgan[5][6][7].

Tangrilar sharafiga madhiyalar, tantanali yurishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, qurbonliklar va ziyofatlar, sport, ot sporti, musiqa musobaqalari bilan bir qatorda, qadimgi o‘yinlarning ajralmas qismi hisoblangan. Mazkur davrda yashab o‘tgan insonlar fikriga ko‘ra, Pif o‘yinlari boshqa musobaqalarga qaraganda rang-barangligi bilan ajralib turgan. Delfi — devorlari va qo‘shinlari bo‘lmagan muqaddas shahar bo‘lgan. Apollonning o‘zi ushbu shaharga homiylik qilgan deb ishonilgan. Mashhur Delfi orakuli tufayli atrofdagi shahar-davlatlar umumiy kuchlari bilan Delfini har qanday hujumlardan himoya qilgan[5][8].

Qadimgi davrda faylasuflar tomonidan o‘tkazilgan „Yetti donishmand“ musobaqasi butun Elladada shuhrat qozongan[9]. Pif o‘yinlarida esa Suqrotning shogirdi va Aristotelning boʻlajak oʻqituvchisi bo‘lgan yosh Platon ishtirok etgan[10].

XIX va XX asrlarda qadimiy o‘yinlar qayta tiklanganidan so‘ng, bugungi kunda eng mashhur bo‘lgan Per de Kuberten  beshinchi yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab, sport dasturini badiiy musobaqalar bilan to‘ldirish taklifi bilan chiqqan. Olimpiya o‘yinlaridagi sanʼat musobaqalari 1948-yilgacha muvaffaqiyatli o‘tkazilgan[11].

1927- va 1930-yillardagi Delfi festivallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1927-yil Delfi festivali plakati

Rasmiy „Delfi festivallari“ nomi birinchi marta XX asrning birinchi yarmida Pif o‘yinlarining vatanida yunon shoiri va dramaturgi Anjelos Sikelianos va uning amerikalik rafiqasi Yeva Palmer-Sikelianos (sanʼatshunos, xoreograf, oʻqituvchi) tomonidan amalga oshirilgan Delfi g‘oyasini qayta tiklashga urinish paytida paydo bo‘lgan. Ular uchun tana va ruh uyg‘unligi haqidagi qadimiy g‘oya qayta tiklanishi lozim bo‘lgan ajoyib orzu hisoblangan. Ular birgalikda 1927-yil may oyida birinchi Delfi festivalini tashkil qilishib, uni keng miqyosda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgan[12].

Qarang: Birinchi Delfi festivali

Delfining saqlanib qolingan qadimiy amfiteatrida  Yesxilning „Zanjirlangan Prometey“ tragediyasining teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etilgan[13].

Festivalning badiiy qismidan tashqari, sport qismi ham oʻtkazilgan. Delfi stadionida sportchilar, kurashchilar, chavandozlar va boshqalarning chiqishlari boʻlib oʻtgan[14][15].

1930-yil may oyida boʻlib oʻtgan ikkinchi Delfi festivalida tomoshabinlarga xorning bosh roli orqali Yesxilning yana bir asari — „Pitsionerlar“ taqdim etilgan[16]. Festival dasturidan qadimiy xalq va  sport oʻyinlari, Vizantiya musiqiy konsertlari, haykallar, rasm va badiiy hunarmandchilik koʻrgazmalari ham bo‘lgan[17].

Qarang: Reaktsiya va oqibatlari

Ushbu tadbirlar qisqa fursatda mashhur bo‘lib ulgurganiga qaramay, 1930-yildagi ikkinchi Delfi festivalidan so‘ng Buyuk Depressiya jiddiy moliyaviy muammolar sabab biroz muddatga to‘xtatilgan. Shu sabab Yeva Palmer Qo‘shma Shtatlarga ketishga va u yerda maʼruzalar orqali pul ishlashga majbur bo‘lgan. Maʼlumki, 1952-yilda Delfi g‘oyasining izdoshi Linos Karzis yana bir Delfi festivalini o‘tkazishga umid qilgan. Ammo davlat idoralari bayramlarni tashkil etish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olmagan[12].

Delfidagi zamonaviy festivallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Delfi festivallari muzeyi, 2008-yil fotosurati

1977-yilda  Delfidagi Yevropa madaniyat markazi tashkil etilgach, Delfi festivallari yana qayta nishonlana boshlangan. Ushbu markaz tashabbusi bilan Anjelos va Yeva Sikelianoslarning uylari qayta tiklanib, u Delfi festivallari muzeyi (inglizcha: Angelos and Eva Sikelianos Museum)ga aylantirilgan. Shundan so‘ng yana xalq orasida Delfi g‘oyasining ahamiyati yana dolzarb masalalardan biriga aylana boshlagan[18].

Shu bilan birga, Delfida yoz oylarida o‘tkaziladigan zamonaviy festivallar etnografik bayramlar, turistlar hamda olim-mutaxassislarga ham alohida ahamiyat  qaratila boshlangan. Xohlovchilar qadimiy teatrdagi spektakllarga, madaniyat markazidagi ko‘rgazmalarga tashrif buyurishlari, turli mahorat darslari, ekskursiyalar, seminarlar va anjumanlarda qatnashishlari mumkin [19][20].

Xalqaro Delfi festivallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Delfi bayramlarining keng xalqaro miqyosga chiqarilishi XX asr oxirida butunjahon Delfi harakatining shakllanishi bilan boshlangan. Nachalo vsemirnomu Delfiyskomu dvijeniyu nashey epoxi bilo polojeno vozniknoveniem v Jeneve Mejdunarodnogo obщestva „Musica Magna“. Imenno etim obщestvom, vozglavlyaemim Iogannom Kristianom Berxardom Kirshem (FRG), i bil predlojen unikalniy proekt „novogo foruma novogo vremeni“.

Bizning davrimiz Butunjahon delfi harakatining boshlanishi Jenevada „Musica Magna“ xalqaro jamiyatining paydo bo‘lishi bilan asoslanadi. Aynan Iogann Kristian Berxard Kirsh (Germaniya) boshchiligidagi ushbu jamiyat „yangi zamonning yangi forumi“ning noyob loyihasini taklif qilgan.

K. I. Yakubovich. Misli ko‘rilmagan! Ko‘rinmas! Ajoyib! „Rossiya musiqa gazetasi“ 1988-yil 9-son
Ikkinchi Xalqaro Delfiy oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi, Kuching, 2005-yil
Bayram korteji. Uchinchi Xalqaro Delfi oʻyinlari, Jeju, 2009-yil

Qarang: Xalqaro Delfi oʻyinlari formati

Tantanali ochilish va yopilish marosimlari Delfi o‘yinlarining muhim qismiga aylangan. 1997-yilda Tbilisida 16 mamlakatdan 1700 nafar ishtirokchini jamlagan I Butunjahon yoshlar Delfi festivallari (inglizcha: I World Junior Delphics) ochilishida qadimiy anʼanaga koʻra, „Ertaklar kuni“ madhiyasi yangragan (Musiqa: Iosef Kechaxmadze, matn Givi Chichinadze tomonidan yozilgan). Unda Gruziyaning qadimgi yunon madaniyati bilan ko‘rinmas iplar orqali bog‘langan ko‘p asrlik teatrlashtirilgan kompozitsiyalar  ham namoyish etilgan[21][22].

Ushbu voqea Yahudi Menuxinning tabrik nutqida quyidagi so‘zlar bilan ifodalangan:

Men yunonlarnikidan ko‘ra bir-birlari bilan raqobat ruhining qimmatli modelini tasavvur qila olmayman. Ular hayotning ajralmas qurbongohiga tana, ong va ruhning nafisligini qo‘yadilar.

Yehudi Minuxinning tabrik maktubi (21.04.1997-yil)

Navbatdagi xalqaro Delfi oʻyinlariga delegatsiyalarni shakllantirish maqsadida mamlakatlar ichida turli darajadagi (viloyat, shahar, tuman) festivallar oʻtkazilgan. 2005-yildan buyon Xalqaro Delfi kengashining[23][24] (IDC) rasmiy vakili hisoblangan Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanidagi Delfi festivallari  „Rossiyadagi Delfiy harakati“ xalqaro jamoat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan[25].

2010-yildan boshlab ITB Berlin xalqaro turizm birjasi oʻz ishini Berlin radio minorasi yonidagi saroyda Delfi oʻyinlarini nishonlash bilan yakunlagan[26][27]. Delfi festivali dasturi IBC veb-saytida[28] va ITB Berlin xalqaro turistik birjasi veb-saytida eʼlon qilingan[29].

ITB Berlin yopilishidagi Delfi festivali, 2013-yil
Gretsiya turizm vaziri Olga Kefaloyanni va Kristian Kirsh
Burundi jamoasi final shousida — Delfi festivalida

Bundan tashqari, 2010-yil 15-maydan 21-maygacha Anqara/TurkiyaI Xalqaro yoshlar Delfi festivali bo‘lib o‘tgan, mazkur festival tashkilotchilari orasida Xalqaro Delfi qo‘mitasi (IDC) ham bo‘lgan[30].

Video tasvirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Panhellenik oʻyinlar
  • Panathenaic oʻyinlar
  • Delfi oʻyinlari
  1. „ΔΕΛΦΙΚΗ ΙΔΕΑ“. archive.today. 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(Yunoncha)
  2. „Дельфийская идея“. archive.today. 2014-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  3. „Die Delphische Idee“. ndc-germany. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(olm.)
  4. Antichnaya kultura: literatura, teatr, iskusstvo, filosofiya, nauka. Slovar-spravochnik / Pod redaksiey V. N. Yarxo. M., 1995
  5. 5,0 5,1 М. Л. Гаспаров.. Занимательная Греция: Рассказы о древнегреческой культуре. Москва: «Новое литературное обозрение», 2000. ISBN 5-86793-093-9. 
  6. I. A. Lisoviy, K. A. Revyako. Antichniy mir v terminax, imenax i nazvaniyax: Slovar-spravochnik po istorii i kulture Drevney Gresii i Rima / Nauch. red. A. I. Nemirovskiy. — 3-e izd. — Mn: Belarus, 2001
  7. Antichniy mir. Slovar-spravochnik. EdwART. 2011
  8. „The Delphic Oracle“. Би-би-си. 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  9. Мотрошилова Н. В. „Хронологические рамки“, . История философии: Запад-Россия-Восток. М.: «Греко-латинский кабинет», 2000 — 19-bet. ISBN 5-87245-047-8. 
  10. Bazunov B. A. Bogi stadionov Elladi — M.: Terra-sport, 2002.
  11. „Olympic Art Competitions / Contests 1912 - 1948“. archive.today. 2008-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  12. 12,0 12,1 Irina Stepanova-Antonaru. „Две любви Евы Палмер“. Архив Интернета (15 октября 2012). 2016-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  13. Пересказал М. Л. Гаспаров. „Прометей прикованный“. «Брифли». 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  14. „The Delphic Games Revival“. archive.today. 2013-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  15. „Архивные фотографии“. «GreekLandscapes». 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  16. „Οι Δελφικές Εορτές στα μάτια των σύγχρονων Ελληνίδων!..“ (el). archive.today (2013-yil 5-avgust). 2015-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  17. Майкл А. Тиберий. „Дельфийские праздники Сикелианоса“. tovima.gr (28/05/2006). 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(Yunoncha)
  18. By Nancy Biska. „Reviving the Delphic Idea“. «Hellenic Communication Service» (2006-yil 15-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  19. „Delphi festivals & cultural events“. «Greeka.com». 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  20. „Ευρωπαϊκό Πολιτιστικό Κέντρο Δελφών“. eccd.gr. 2020-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.(Yunoncha)
  21. Е. Федулова. „О Дельфийских играх 2009“. archive.today. 2012-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  22. „Международное Дельфийское Движение“. WebCite. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  23. „Работы в номинации "Фото"“. «Delfest.Spb». 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  24. „Дельфийский фестиваль“. «Delfest.Spb». 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  25. „Вступление МОО «Дельфийское Движение в России» в состав МДС (01.03.2005)“. WebCite. 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  26. „Праздник Дельфийских игр на ITB в Берлине“. «Artmanager» (2010-yil 22-mart). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  27. „Праздник Дельфийских игр — большое финальное шоу на ITB Берлин 2010“. WebCite. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(olm.)(ingl.)
  28. „ITB Berlin, 2010—2017“. delphic.org. 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(ingl.)
  29. „Große Abschlussshow der ITB Berlin“. archive.today. 2013-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.(olm.)
  30. Тимур Давлетов. „I Международный молодёжный Дельфийский фестиваль“. WebCite. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.