Kontent qismiga oʻtish

Dell

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dell
Turi Shoʻba
Xizmatlari Kompyuter tehnikalarini ishlab chiqarish
Egasi Dell Technologies
Qachon asos solingan 1-fevral, 1984-yil (40 yil avval) (1984-02-01)
Joylashuvi Round Rock, Texas, AQSh[1]
Asoschi(lari) Michael Dell
Rahbariyat Michael Dell
(Xoʻjayin & CEO)
Jeff Clarke
(Vitse-xoʻjayin, Products & Operations)
Karen Quintos
(CCO)
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi AQSh$90,6 billion (2019)[2]
Operatsion foydasi 5 771 000 000[3]
Sof foydasi 2 442 000 000[3]
Ishchilar soni 157,000 (2019)
Shoʻba korxonalari Alienware, Dell Boomi, Dell Force10
Vebsayti www.dell.com

Dell, Amerika koʻptilli kompyuter texnologiyasi kompaniyasi boʻlib, kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompnayilardan biri. 2005-yil natijalariga koʻra Fortune 1000 roʻyhatida 26-oʻrinni egallagan. Dell kompaniyasi bosh ofisi Round Rock, Texas, AQShda joylashgan.

Ushbu shirkatning asoschisi, xoʻjayini va CEO'si Michael Dell boʻlib, shirkat Dell Technologies'ga tegishli hisoblanadi.

Michael Dell, Dellning asoschisi

Kompaniya Michael Dell tomonidan 1984-yil Ostin (Texas, AQSh) shahrida PC Limited nomi bilan asos solingan. Kompaniya 1988-yil Dell Computer va 2003-yil esa Dell, Inc. nomini olgan.

1987-yil Yevropa bozorlariga chiqadi, 1994-yilda esa Osiyo–Tinch okeani regioni bozorlariga chiqadi. 2005-yil Fortune Dellni “AQShda hammada katta qiziqish uygʻʻotadigan kompaniya” deb aytadi (dunyo reytinggida 3 oʻrinda).

Dell – XX asr boshlari XXI asrda eng dinamik kompaniyalar biri hisoblanadi. Faoliyating ilk yillarida kompaniya daromadi $300 mingdan kamroqni tashkil etar edi. 2005-yilga kelib kompaniya daromadi $ 50 milliardga yetdi.

Dell – shaxsiy kompyuter, noutbuk, server, maʼlumotlarni saqlash qurilmalari, KPKʼlar va boshqa koʻpgina qurilmalar yaratish, ishlab chiqarish, sotish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Faoliyati koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dell kompaniyasida umumiy ishchilar soni 145,000 (2018) kishini tashkil etadi. 2018-yil natijalariga koʻra kompaniya daromadi $78.7 milliardni tashkil etgan, sof foydasi esa 2006-yilga koʻra $3.57 milliardni tashkil etdi. Kapitalizatsiya esa 2007-yil 9-avgust sanasida $61.1 milliardni tashkil etdi.

Dell Vostro 15

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dell kompyuterlarining eng yangi modellaridan boʻlgan Dell Vostro 15 kompyuteri oʻziga xos xususiyatlarga ega. U mukmmal rivojlangan yuz orqali insonni tanish, barmoq izi orqali skanerlash va kompyuter xavsizligini taʼminlash qulayliklariga egadir. Eng qizigʻi ushbu kompyuterning old kamerasi Web-Camera 24px turiga kiradi va uning xotirasi hajmi 1 TBni tashkil etadi. U oʻz ichida 240 HDD va 250 SSD disklarga ega. RAM hajmi 4,8,16 va 32 lik turlarga boʻlinadi. Ushbu kompyuter asosan dasturlash va hisobot ishlarini olib borish uchun moʻljallangan hisoblanadi. Kompyuterning ovozli boshqarish tizimi ham mavjud boʻlib u Microsoft kompaniyasining Windows 10 dasturiy tizimida ishlayd

  1. „Dell Company Profile“ (deadlink). 19-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2010-yil.
  2. „2018 annual results“. Craft.
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)