Delta yotqiziqlari
Delta yotqiziqlari - dengiz va koʻllarning daryolar quyilish joyida delipann shakllantiradigan daryo oqiziq jinslaridan hosil boʻladi. Tarkibiga ohaktosh qatlamli qum-gilli jinslar ham kiradi. Togʻ oldi hududlarida konglomeratlar borligi kuzatiladi. Daryolar adogʻida toʻplangan oqiziq jinslarga toʻlqin va toʻlqinli oqimlar taʼsirining yoʻqligi, Yer poʻsti shu qismining sekinlik bilan bukilishi natijasida qalinligi bir necha km gacha boʻlgan D.yo. vujudga keladi. D.yo.dan paydo boʻlgan akkumulyativ shakl — delta yuzasi asosan daryo va koʻl-botqoqlik choʻkindilaridan tashkil topadi. Odatda, D.yo. ustida unumdor tuproq qatlami vujudga keladi. Shu sababli juda qadim zamonlardan D.yo. dehqonchilik markazlari boʻlib, aholi zich yashagan (mas, Amudaryo, Nil va b. daryo deltalari).
D.yo., shuningdek, qazilma holatida ham koʻpincha oʻtmish geologik davrlarning choʻkindi qatlamlarida mavjud. Ular katta qalinligi, tuzilishi, dengiz, shoʻrroq suvli va kontinental yotqiziqlarning turli birikmalarida namoyon boʻladi. D.yo. qazilmalari orasida koʻmir, temir va mis rudalarining konlari uchraydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |