Demarsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demarsh (frans. demarche — chiqish) — bir davlat hukumati, tashqi ishlar mahkamasi yoki diplomatik vakilining biron-bir masala boʻyicha boshqa davlatga noroziligi, iltimosi, taklifi yoki ogoxlantirishi. Nota, ultimatum, memorandum, bayonot va b.da izhor etilishi, diplomatik vakilni chaqirib olishda namoyon boʻlishi mumkin. Hoz. xalqaro huquq normalariga muvofiq kuch bilan tahdid qilish D. mazmuni boʻlolmaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil