Demokrit
Demokrit | |
---|---|
Tavalludi | 460 до н. э.[1] |
Vafoti | 360 до н. э. |
Demokrit Eratosfen (grekcha: Δημόκριτος; taxminan mil. av. 460 — Abderi (Frakiya) — 370) — yunon faylasufi. Atomistik nazariya (qarang Atomizm) asoschilaridan biri hisoblanadi. Falsafa, mantiq, fizika, matematika, texnika, axloq, musiqa kabi sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bularning ayrim parchalari yetib kelgan. Demokrit taʼlimotiga koʻra, tabiat obyektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar boʻlinmas zarralar — atomlardan tashkil topgan.
Atomlar eng mayda, boʻlinmas va oʻzgarmas, boqiy, moddiy zarralar boʻlib, fazoda doimo har tomonga harakat qiladi. Zarralarning har xil qushiluvidan turli narsalar vujudga kelgan. Hatto odamning joni ham eng nozik harakatchan atomlardan tashkil topgan. Atomlar hajmi, shakli, tartibi va holati bilan bir-biridan farq qiladi; sifat jihatdan esa bir xil, yaʼni rang , hid, maza kabi sifatlar atomga tegishli boʻlmay, balki subʼyekt sezgi organlari mahsulidir. Atomlar bilan bir qatorda boʻshliq mavjud. Atomlar harakati tasodifiy boʻlmay, muayyan qonuniyatlarga boʻysungan holda boʻshliqda sodir boʻladi. Harakatni materiyadan ajratish mumkin emas. Atomlar harakatining vaqt nuqtai nazaridan boshi yoʻq, u abadiy. Demokrit olam cheksiz va abadiy, dunyolar vujudga kelib, yoʻq boʻlib turadi, jon ham moddiy va tana bilan birga oʻladi degan fikrlarni ilgari surdi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini taʼkidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini koʻrsatdi. Uningcha, sezgilarimiz (koʻrish, eshitish, maza bilish va b.) orqali olingan bilim "qorongʻi", u olamning mohiyatini ochib bera olmaydi. Aql orqali olingan bilim "yorugʻ", haqiqiy bilimdir. Bu yerda Demokrit hodisa va mohiyatni tushuna boshlagani, hissiy bilish bilan abstrakt tafakkurni farq qila olgani koʻrinib turipti. Lekin, u "yorugʻ" bilishni "qorongʻi" bilishdan ajratib qoʻygan. Demokritning bu fikri J. Lokk tomonidan ilgari surilgan narsalarning birlamchi va ikkilamchi sifati toʻgʻrisidagi taʼlimotning kurtagi edi. Demokrit etikada ataraksiya taʼli-motini rivojlantirdi. Demokrit ilgari surgan gʻoyalar uzoq yillar davomida fan va falsafa rivojiga taʼsir koʻrsatdi. Buyuklar doim tirik. Abdulla Ayupov.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ — Т. 2. — С. 298.