Kontent qismiga oʻtish

Demultiplikator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Demultiplikator (de... va lot. multiplicator — koʻpaytiruvchi, kattalashtiruvchi) — avtomobilning tortish kuchini oshirishga imkon beruvchi mexanizm. D. yuk avtomobillarida uzatmalar qutisi ikkilamchi valining aylanish tezligini kamaytirish, yengil avtomobillarda esa uni oshirish uchun oʻrnatiladi. D. asosiy uzatmalar qutisiga qushimcha uzatma sifatida kiritiladi. Traktorlarda D. vazifasini aylantiruvchi momentni kuchaytiradigan planetar reduktor va 7—10 pogonyali uzatmalar qutisi bajaradi. Yuk avtomobillarining uzatmalar qutisidagi beshinchi uzatma ikkilamchi valni tirsakli valga nisbatan 20—27% tez aylantiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil