Kontent qismiga oʻtish

Denaturatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Denaturatsiya (de... va lot. nature — tabiiy xususiyatlar) — turli xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida oqsillar, nuklein kislotalar va b. biopolimerlar molekulalarining o'ziga xos tabiiy (nativ) xususiyatlarining yoʻqolishi. Odatda, bunday hollarda biopolimerlarning biologik faolligi — fermentativ, gormonal va b. yoʻqoladi. D. natijasida molekulalarning konformatsiyasi, yaʼni fazoviy tuzilishining o'zgarishi bilan bogʻliq boʻlib, ularning shakli, solishtirma optik faolligi, yorugʻlikni yutishi, eruvchanligi, elektroforetik harakatchanligi va b. bir qator fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari ham oʻzgaradi. D. nokovalent bogʻlar (vodorod bogʻlar, ion bogʻlar)ning uzilishi bilan bogʻliq. Qisman disulfid bogʻlar ham parchalanadi. Biopolimerlar D.si koʻpgina omillar: yuqori harorat, ogʻir metallar tuzlari, kislotalar, ultrabinafsha va ionlanuvchi nurlar taʼsirida vujudga keladi. D. toʻliq yoki qisman, qaytar va qaytmas boʻlishi mumkin. Qaytar D. koʻpincha renaturatsiya deb ham yuritiladi. Nuklein kislotalarnknt qaytar D. sidan molekulalarni gibridlashda foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil