Denav (Shofirkon tumani)
Denav | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Buxoro viloyati |
Tuman | Shofirkon tumani |
Avvalgi nomlari | Dehnavi Abdullaxoniy |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 65 |
Pochta indeks(lar)i | 201102[1] |
Avtomobil kodi | 80 |
Denav yoki Denov — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Shofirkon tumani tarkibiga kiruvchi qadimiy qishloq. Tuman markazi — Shofirkon shahridan 14 km shimoli-sharqda joylashgan[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Denav soʻzi tojik tilidan kelib chiqqan boʻlib, „deh“ — qishloq va „nav“ — yangi soʻzlaridan olingan. Yaʼni „yangi qishloq“ maʼnosini anglatadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdullaxon II XVI asrning 60—70-yillarida Shofirkon hududlariga ov maqsadida tez-tez kelib turgan. Unga bu yerning unumdor yerlari, seroʻt dalalari yoqib qoladi. Soʻngra uning topshirigʻi bilan hozirgi Dahyori Bihisht qabristonining yonida masjid, minora va dam olish maskani qurilgan. Abdullaxon II maslahati va koʻrsatmasi bilan bu yerga aholi koʻchib kela boshlagan. Shu tariqa ular oʻrnashgan joy „Dehnavi Abdullaxon“ yaʼni „Abdullaxonning yangi qishlogʻi“ deb atala boshlagan. Asta-sekin qisqarib soʻzning oʻzak qismi Denav saqlanib qolgan. Oʻsha paytda qishloq Shofirkon hududdidagi aholisi zich joylashgan qishloqlardan boʻlib, 14-15 ga yaqin guzar boʻlgan. Guzarlar Ashurlar, Qallar, Mirzolar, Polvonlar, Arboblar, Xoʻjalar, Kosiblar kabi nomlar bilan atalgan[3].
1925-yilga kelib shoʻrolar davrida qishloqda Denav qishloq kengashi tuzilgan. Qishloqning birinchi raisi etib Sanoqul Saidov tayinlangan. 1931-yilda Denavda Oxunboboyev nomli kolxoz tuzilgan. Yoʻldosh Oxunboboyev qishloqqa ikki marotaba 1935 va 1937-yillarda kelib ketgan. Shu yili Denavga birinchi marta elektr oʻtkaziladi[4].
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan Denovda qishloq xoʻjaligi yaxshi rivojlangan. XX asrning 30-yillarida „Meteor“ nomli elektr stansiyasi ishga tushirilgan. Shu asnoda paxtachilik eng asosiy sohaga aylangan.
Qishloq faxriylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahad Hasanov — yozuvchi, „Shofirkon haqiqati“ gazetasining muharriri, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“.
Toshpo‘lat Ahmad — shoir, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“, viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida faoliyat koʻrsatgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shofirkon tumani pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ Buxoro toponimikasi 2021, s. 187.
- ↑ Шофиркон тарихи 1998, s. 77.
- ↑ Шофиркон тарихи 1998, s. 78.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Halim Toʻrayev. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet.
- Мухтор Салим Бобомурод Қарим. Шофиркон тарихи. Тошкент: «Ёзувчи», 1998 — 224-bet.