Kontent qismiga oʻtish

Dengiz boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Sea-Wolf

Birinchi nashr muqovasi
Muallif(lar) Jack London
Mamlakat AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i sarguzasht, psixologik
Nashr etilgan sanasi 1904, Macmillan

Dengiz boʻrisi“ – 1904-yilda amerikalik yozuvchi Jek London tomonidan yozilgan psixologik sarguzasht roman. Kitobning asosiy qahramoni adabiy tanqidchi, okean toʻlqinlaridan omon qolgan, Wolf Larsenning qoʻl ostidagi qudratli, biroq axloqsiz Humfrey Van Vaydendir. Kitob rasman nashr etilishidan oldin uning dastlabki toʻrt ming nusxasi sotilib boʻlingan. Bunga sabab yozuvchining bundan oldingi „The Call of the Wild“ (Ajdodlar chorlovi) asarining mashhurligi edi[1].

Londonning soʻzlariga koʻra, asarning koʻp qismi toʻqima, asosiy qahramon esa Alex MacLean hisoblanadi[2]. Kapitan Alex MacLean[2] 1858-yilning 15-mayida Yangi Shotlandiyaning East Bay shahrida tugʻilgan. U, asosan, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida akasi kapitan Dan MacLean bilan suzib yurgan. MacLean bir vaqtlar Alaskaning Nome sherifi boʻlgan. MacLean kapitanlari umrining koʻp qismini Tinch okeani sohilida suzib oʻtkazganliklariga qaramay, oʻz vatanlari Cape Breton oroli bilan aloqalarini saqlab qolishgan edi[3].

Asar qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humphrey „Hump“ Van Weyden

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar boshida Humphrey Van Weyden jismonan zaif, ammo kuchli aql egasi sifatida gavdalanadi. Hikoya davomida u qoʻl mehnati orqali jismonan kuchli shaxsga aylanadi. Bundan tashqari, Boʻri Larsen bilan boʻlgan notinch vaziyatlarga chidagani uchun ruhiy tomondan ham kuchayib boradi. Maud Brewster bilan uchrashgandan soʻng, u qanchalik oʻzgarganini, qoʻpol koʻrinishga ega boʻlganini va hayotga boshqacha qarashini tushunib yetadi.

Asar asosida suratga olingan filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jek Londonning romani romani asosida suratga olingan filmlar:

  • „The Sea Walf“ (1913), Hobart Bosworth ishtirokidagi ovozsiz kinofilm.
  • „The Sea Walf“ (1920), Noah Beery (Larsen) va Tom Forman (Van Wayden) ishtirokidagi ovozsiz kinofilm.
  • „The Sea Walf“ (1926), Ralph Ince va Claire Adams (Mod) ishtirokidagi ovozsiz kinofilm.
  • „The Sea Walf“ (1941), bosh rollarda Edward G. Robinson (Larsen), Ida Lupino (Rut) va John Garfield.
  • „Walf Larsen“ (1958), bosh rollarni Barry Sullivan va Peter Graves ijro etgan.
  • „Der Seawalf“ (Germaniya, 1971-yil, 4 qismli miniserial), bosh rollarda Raimund Harmstorf va Edward Meeks.
  • „Legend of The Sea Wolf“ (Italiya, 1975), bosh rollarda Chuk Connors va Guiseppe Pambieri.
  • „Morskoj volk“ (SSSR, 1990, TV), Liubomiras Lauciavicius va Andrey Rudensky ishtirokidagi film.
  • „Dengiz boʻrisi“ (1997), bosh rolda Stacy Keach.
  1. The Cambridge History of American Literature, Volume 2: Prose Writing 1820-1865. New York: Cambridge University Press, 1995
  2. 2,0 2,1 MacGillivray. „Captain Alex MacLean“ (en). Alex MacLean. UBC Press. 2011-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  3. MacNeil, Neil, The Highland Heart of Nova Scotia, Breton Books (1998)

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]