Dengiz nilufarlari
Dengiz nilufarlari | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Dengiz nilufarlari (Crinoidea) — ninaterililar sinfi. Koʻrinishi gulga oʻxshash, erkin yashaydi (poyachasizlar) yoki oʻtroq hayot kechiradi (poyachalilar). Tanasi likopchasimon markaziy diyekdan va undan tarqaladigan, koʻpincha koʻp marta shoxlanadigan 5 ta nurdan iborat. Poyachali D. n.ning mar-kaziy diski asosida suv tubiga yopishishiga yordam beradigan, uz. 1 m cha keladigan poyachasi boʻladi. Poyachasiz D. n. rang-barang boʻlib, suv tubida oʻrmalash yoki suvda suzish xususiyatiga ega, nurlarining kengligi 90 sm gacha. Hozir D. n.ning 700 turi maʼlum, ulardan 550 turi poyachasizlar kenja sinfiga kiradi. D. n. rivojlanishi doliolyariya lichinkasi va voyaga yetgan davridan iborat. Mayda plankton organizmlar va detrit bilan oziqlanadi. Ozigʻini suv oqimi tomonga qaratilgan, murakkab tutuvchi toʻr hosil qiladigan nurlari va ularning oʻsimtalari — pinnulalari yordamida tutadi. Poyachali D. n. odatda suvning ancha chuqur qismida (10 km gacha chuqurlikda) uchraydi. Poyachasizlar tropik mintaqadagi sayoz dengizlarda, ayniqsa, keng tarqalgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |