Kontent qismiga oʻtish

Ulva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Dengiz salatidan yoʻnaltirildi)

Ulva (Ulva), dengiz salati – ulvadoshlar oilasiga mansub suvoʻtlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uzunligi 30-150 sm ga yaqin. 20 ta turi, asosan, subtropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya va boshqa baʼzi mamlakatlarda isteʼmol qilinadi.