Ulva
Qiyofa
Ulva (Ulva), dengiz salati – ulvadoshlar oilasiga mansub suvoʻtlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uzunligi 30-150 sm ga yaqin. 20 ta turi, asosan, subtropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya va boshqa baʼzi mamlakatlarda isteʼmol qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |