Kontent qismiga oʻtish

Dengiz transporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengiz transporti - okean, dengiz, dengiz kanallari orkali kemalarda yuk va yoʻlovchi tashuvchi suv transporta turi. Xizmat koʻrsatish doirasiga koʻra, uning ichki D.t. (bir mamlakat oʻrtasidagi portlararo qatnaydigan) va xalqaro D. t. (mamlakatlararo qatnaydigan) turlari mavjud. D. t. vazifasiga koʻra, yoʻlovchilar, quruq va suyuq yuklarni tashuvchi hamda yordamchi xizmat koʻrsatuvchi kemalardan iborat boʻladi. D.t. tarixi taxminan mil. av. 6—4-asrlarda inson dengizni oʻrganib, oʻzlashtira boshlagach, paydo boʻldi. Dastlab eshkakli kemalar, mil. av. 3-asrlarda esa yelkanli kemalar kashf etildi. Bu kemalar bir necha asrlar mobaynida suv yoʻllari orqali aloqa bogʻlashda, savdo munosabatlari yuritishda keng qoʻllandi. Sanoatning oʻsishi va xalqaro savdoning kengayishi bilan D.t. ham takomillashib bordi. Bugʻ mashinasi ixtiro qilinganidan keyin birinchi bugʻ bilan harakatlanadigan mexanik dvigateli paroxodlar yaratildi. Soʻng oʻz navbatida, ichki yonuv dvigatelli teploxodlar, atom reaktorli — atom muzyorar kemalari ixtiro qilindi. Hoz. zamonaviy D. t. murakkab muhandislik qurilmasi boʻlib, ular kompyuterlashtirilgan avtomat boshqaruv va na-zorat qurilmalari, murakkab elektron radionavigatsiya vositalari bilan taʼminlangan. Ulardan ayrimlarining yuk tashish quvvati 500 ming t gacha, asosiy elektr energiyasi quvvati 73,6 MVt (100 ming ot kuchi)gacha yetadi.

Hoz. vaqtda kemalarda yoʻlovchi tashish oʻrnini havo transporti egallagan boʻlib, ular faqat dengizda sayohat maqsadidagina amalga oshiriladi. Yuk tashish borasida D.t.ning salmogʻi katta boʻlib, geografik xususiyatlarga koʻra bu koʻrsatkich mamlakatlarda turlichadir. D.t. asosan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Polsha, Yugoslaviya va b. davlatlarda keng rivojlangan (mas, Yaponiyada 1062 port, Fransiyada 300 port bor, shundan 6 tasi eng yirik va hokazo).

20-asrda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Oʻzbekiston uchun ham D.t. muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Ipak yoʻlini tiklash loyihasi doirasida barpo etilgan Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi orkali Kaspiy dengizida Turkmanboshi, Boku, Kora dengizda Poti, Batumi portlaridan Yevropa mamlakatlari yoʻnalishlarida yuklar zamonaviy D. t.da tashiladi.

Dengiz floti tarkibiga kiruvchi bandargoxlar, kema ishlab chiqarish va taʼmirlash zavodlari va b. D.t.ga xizmat koʻrsatadi (qarang Daryo transporti).

Nuriddin Musayev.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil