Denitrifikatsiya
Denitrifikatsiya (de... nitrogenium — azot va faclo — qilaman) — nitratlarning denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan molekulyar azotgacha kaytarilishi jarayoni. Bunda tuproqdagi nitrat, nitrit, ammiak va amin birikmalar bakteriyalar taʼsirida parchalanib, ulardagi azot gaz holidagi molekulyar azotga aylanadi, nitrifikatsiyaga qaramaqarshi jarayon. D.ni birinchi marta fransuz olimlari E.Gayon va G. Dyupetilar aniqlagan. Bakteriyalar nitratlarni kaytarish uchun zarur boʻlgan energiyani organik moddalar (uglevodlar, spirtlar, organik kislotalar)ning oksidlanishi natijasida oladilar, nitratlardagi kislorod esa elektron va vo-dorodning akseptori hisoblanadi. Shuningdek, oltin-gugurt yoki molekulyar vodorod oksidlanishida nitratlarni tiklovchi denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning ayrim bir turlari ham bor. 1 g tuproqda oʻn va yuz ming denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar mavjud boʻladi. Lekin tuproqda D. jarayoni faol yuz berishi uchun nitratlarning yetarli miqdori va oson parchalanadigan azotsiz organik moddalar, optimal reaksiya (rN 7,0—8,2), haro-rat 25—30°S va eng muhimi — anaerob sharoitlar boʻlishi kerak. Shu sababli D. sernam, havo yomon almashadigan tuproqlarda yaxshi kechadi. D. tuprokda azot birikmalarining kamayib ketishiga olib keladi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. Yerni yumshatish D.ni susaytiradi.
Abdukarim Zikiryoyev.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |