Kontent qismiga oʻtish

Depo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Depo (frans. depot — ombor) — hara-katlanuvchi tarkib (temir yoʻl vagonlari, lokomotivlar, metropoliten va tramvay vagonlari, oʻt oʻchirish mashinalari) taʼmirlanadigan korxona. Maxsus (ixtisoslashtirilgan) va aralash D.lar boʻladi. Maxsus D.lar qarakatlanuvchi tarkibning biror xilini taʼmirlash uchun ixtisoslashtiriladi (mas, vagon D.si, lokomotiv D.si va hokazo). Aralash D.larda elektrovozlar, teshyuvozlar, motor-vagonli poyezdlar va kranlar taʼmirlanadi. Toshkentda vagonlar taʼmirlanadigan (ikkita) va teplovozlar taʼmirlanadigan (bitta) maxsus D.lar bor. Shahar transportining harakatlanuvchi tarkibi taʼmirlanadigan joy saroy (park) deb ataladi (mas, trolleybus saroyi, tramvay saroyi va b.).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil