Deputatlarning intizomiy javobgarligi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Deputatlarning intizomiy javobgarligi — deputatlarning saylanadigan lavozimdan shaxslar sifatida yuridik javobgarliklarining alohida turi, deputat parlament (palata, vakillik hokimiyati boshqa muassasasi) reglamenti normalarini yoki deputatlik etikasi normalarini buzganligi uchun boshlanadigan va deputatga nisbatan roʻyxati tegishli vakillik muassasasi reglamentida belgilangan intizomiy taʼsir chora — tadbirlarini qoʻllashda ifodalanadi. Zamonaviy demokratiya davlatlarida vakillik muassasalari deputatlariga nisbatan odatda intizomiy taʼsirning quyidagi chora — tadbirlari qoʻllanadi : soʻzdan mahrum qilish toʻgʻrisida ogohlantirish, muhokama qilinayotgan masala boʻyicha soʻzdan mahrum qilish, yigʻilish zalidan chiqarib yuborish, tanbeh berish, oylik deputatlik pulidan maʼlum summani ushlab qolish[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi