Kontent qismiga oʻtish

Deputatlik mandati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deputatlik mandati — (lot . mandatum — topshiriq) — birorta vakillik muassasasi deputati vakolatlarining qonuniyligini, deputat vakolatlari, huquq va majburiyatlari hajmini tasdiqlovchi xujjat, shuningdek parlament yoki boshqa vakillik hokimiyati organi deputati zimmasiga yuklatiladigan ommaviy vazifa, uning mazmuni (mandat xarakteri) Kons. va b. konstitutsiyaviy — huquqiy xujjatlar bilan belgilanadi. Hozirgi demokratiya davlatlarida mandatning huquqdorligi deputatning daxlsizligi (immunitet) va deputatlik faoliyati uchun taqdirlov puli olish (imdemnitet)ni oʻz ichiga oladi . Mandat deputatning oʻz saylovchilari bilan oʻzaro munosabat shaklini ham belgilaydi. Hozirgi demokratiya davlatlarida umummilliy mandat deb atalmish mandat bor, unga koʻra deputat qandaydir aniq bir saylov okrugining emas, balki butun millat vakili hisoblanadi. Deputat oʻz faoliyatida hech qanday nakaz bn bogʻlanib qolishi mumkin emas (imperativ mandat bilan) va oʻz mandat muddati tugamaguncha chaqirib olinishi mumkin emas. Koʻpgina davlatlar (Italiya, Fransiya va b.) Kons.larida imperativ mandatni bevosita taqiqlovchi koʻrsatma bor . Sovetlar tipidagi Kons.lar imperativ mandatni, yaʼni deputatlarning oʻz saylovchilari oldidagi javobgarligini qaror toptiradi, unga koʻra saylovchilar oʻz deputatlariga nakazlar berish va ularni qonunda belgilangan tartibda chaqirib olish huquqiga ega[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi