Kontent qismiga oʻtish

Desensibilizatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Desensibilizatsiya (de... va sensibilizatsiya) — organizmning yot (koʻpincha oqsil) moddalar (allergenlar), mikroblar va b.ga ortiq darajada sezgirligi (sensibilizatsiya)ni bartaraf qilish yoki kamaytirish. Organizmga unga yot boʻlgan oqsil yuborilganda maxsus modda — antitelo hosil boʻladi. Oqsil qayta yuborilganda antitelo u bilan oʻzaro taʼsirlashib zardob kasalligini yoki boshqa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (qarang Allergiya). Gistamint karshi vositalar, oltingugurt preparatlari, pig rogen moddalar, aloe va b. desensibilizatsiyalovchi xususiyatga ega. Zardob preparatlari kayta yuborilganda, ular qoʻzgʻatadigan anafilaksiyaning oldini olishda D. allergik kasalliklarni da-volash usuli sifatida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil