Kontent qismiga oʻtish

Deshifrovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deshifrovka (frans. dechiffrer -maʼnosini yechmoq) —1) notanish xatlar yoki shifrli yozuvlarni shartli belgilar vositasida oʻqish; qad. yozma yodgorliklarning magʻzini chaqishda qoʻllanadi. Bunda maxsus usullardan foydalaniladi; 2) yerda olingan fotosuratlar, aero va kosmik fotosuratlar boʻyicha muayyan hududni tadqiq qilish usuli. Samolyot yoki turli xil uchish apparatlarida olinadigan fotosuratlarni D. qilishda biror obʼyektning soni va harakteri uning suratdagi koʻrinishiga qarab aniklanadi. Topografik D. vositasida yer yuzasining relyefi va mahalliy predmetlarning suratlari oʻrganiladi hamda joylar razvedka qilinadi; 3) taktik D.da dushmanning mudofaa inshootlari, oʻt ochish pozitsiyalari, kommunikatsiyalari, aerodromlari, buyruq-nazorat punktlari va b. aniqlanadi; 4) maxsus D. oʻrganilayotgan hudud yer yuzasining geologik tuzilishi, ustki qatlam harakteri (mas, lyoss jinsi), yer osti suvlarining resurelari va shu kabi maʼlumotlarni aniklashni koʻzda tutadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil