Kontent qismiga oʻtish

Mustabidlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Despotiyadan yoʻnaltirildi)

Mustabid, despotiya – yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. Mustabidlik miloddan avvalgi VII—VI asrlarda Yunoniston shahar-davlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (masalan, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Mustabid tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar-davlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham mustabidlikning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor – sinor qoʻlida jamlangan. Mustabid rejimi insoniyat-taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida ham uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil