Kontent qismiga oʻtish

Genotsid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikkinchi jahon urushi davrida yahudiylarning genotsidi

Genotsid (grekcha: γένος [genos] — urugʻ, qabila va lotincha: caedo — oʻldiraman) — xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga koʻra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan harakat. BMT Bosh Assambleyasining genotsid jinoyatlarining oldini olish va ularni amalga oshirganligi uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (1948) koʻra, genotsid qattiq qoralanadi, aybdor shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bunda mazkur shaxslarning ijtimoiy mavqei, genotsid tinchlik yoki urush vaqtida sodir etilganligi hisobga olinmaydi. Konvensiyani imzolagan davlatlar oʻz hududlarida genotsidni amalga oshiruvchi va unga undovchi shaxslarni jazolash boʻyicha huquqiy meʼyorlarni ishlab chiqish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasida (1965) ham genotsid qattiq qoralanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar Germaniyasining yahudiy millatiga mansub aholi (taxminan 12 mln. kishi)ni ommaviy qirgʻin etishi (qarang Fashizm), Pol Pot va Iyeng Sari toʻdasining Kampuchiya xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari (ular oqibatida 3 mln. kishi yoʻq qilib yuborildi) va hokazolar genotsidning eng ashaddiy koʻrinishi hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil