Kontent qismiga oʻtish

Irqchilik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Irqchilik — irqiy kamsitish siyosati. Inson irklarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi taʼsiri, odamlarning azaldan oliy va past irklarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu daʼvolarga koʻra, oliy irqlar goʻyo boshqa irklar ustidan hukmronlik qilishga daʼvat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto oʻzlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino 19-asr oʻrtalarida birinchi bor Irqchilik gʻoyasini surib, oriylarni "oliy irq" deb eʼlon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga koʻra majburan ajratish hamda aparteidni oklashda irqchilik dan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang . Irqchilik xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yil 31-avgustda mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil