Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro konvensiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro konvensiyalar – xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, biron-bir ixtisoslashgan sohada oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Koʻp tomonlama xalqaro konvensiyalar umumiy xarakterdagi normalarni oʻz ichiga oladi (masalan, xalqaro gumanitar huquq boʻyicha 1899- va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1949-yildagi Jeneva konvensiyalari va boshqalar). Aksariyat xalqaro konvensiyalar BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.[1]