Devon (idora)
Devon — davlat bosh idorasi. 1) Sosoniylarpan Xusrav I Anushirvon davrida shohga hisobot beruvchi amaldorlar va ularning idorasi. 2) Arablarda xalifa Umar (ra) davri (634—644)da davlat daromadlarining turli hukmron doiralar urtasidagi taqsimoti va qushinga maosh toʻlash ruyxatlari, shuningdek, ana shu roʻyxatlar saqlanadigan joy. Umaviylar va abbosiylar davrida esa xalifalik hamda oʻrta asrlarga mansub qator boshqa islom mamlakatlarida D. al-xiroj — soliq-moliyaviy idora. "D." istilohi boʻlak hukumat muassasalariga nisbatan ham qoʻllangan. 3) Narshaxiy keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Somoniylar davlati, asosan, unta devon yordamida idora etilgan; bular — vazir devoni (devoni vazir), moliya ishlari devoni (devoni mustavfiy), davlat hujjatlari devoni (devoni rasoil yoki devoni insho), soqchilar boshligʻi devoni (devoni sohibshurat), xat-xabarlar mutasaddisi devoni (devoni sohibbarid), saroy ish boshqaruvchisi devoni (devoni mushrif), davlat xos mulklari devoni (devoni amiyd ulmulk), muhtasib devoni, vaqflar devoni (devoni vaqf), adliya ishlari devoni (devoni qozi). Bulardan vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi bulib, davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilgan, barcha D. boshliklari vazirga itoat etgan. Saljuqiylar, xorazmshohlar va moʻgʻullar davrida ham somoniylar zamonidagi davlat. tuzilishi, asosan, saqlanib qolgan. Temuriylar davrida esa va-zir devoni — devoni oliy, moliya ishlari devoni — devoni mol, soqchilar boshligʻi devoni — devoni tavochi, davlat xos mulklari devoni — devoni amlok, adliya ishlari devoni — devoni yorgʻu deb atalgan. Qolgan D.lar aslicha qolgan. Bu tartib shayboniylar davrida ham, asosan, saqlangan. Ashtarxoniylar va mangʻitlar hukmronlik qilgan yillarda esa davlat boshqaruvi tartiboti birmuncha murakkablashgan. Moliya ishlari — devonbegiyi kalonga, mushrifning vazifalari — koʻkaltoshta, muhtasibniki — rsshsga topshirilgan. 16—18-asrlarda ham koʻpgina D.lar davlat boshqaruvi tizimida saqlanib qolgan. Chunonchi, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarida davlat D.lar yordamida idora etilgan. Rossiya Xiva xonligi ustidan protektoratlik hukmronligi (19-asr 2-yarmi)ni oʻrnatgach, xonlik fa-oliyatini nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iboratD. taʼsis etgan, uning aʼzolaridan 3 kishi chor maʼmuriyatining , 3 kishi (xon, devonbegi va mehtap) xonlikning vakili boʻlgan. Xon D. rahbari hisoblangan; Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach (1991), davlat boshqaruvi nomlanishining tarixiy shakllari tiklana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident devoni mustaqil davlat hokimiyati idorasi emas, shu bois, u majbur etuvchi imperativ vakolatlarga ega boʻlmay, bevosita kundalik boshqaruv bilan shugʻullanmaydi. Mazkur devon Prezident samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida taʼsis qilinadi. 4) Turkiyada ulugʻ vazir, mufti va b. baʼzi amaldorlardan iborat sulton xuzuridagi majlis. 5) Moldova va Valaxiya gospodarlari huzuridagi Davlat kengashi (mazkur knyazliklar 1859-yil oʻzaro birlashgunga qadar). 6) Sharqdagi baʼzi hozirgi zamon islom mamlakatlarida D. maʼmuriy va adliya ishlari bilan shugʻullanuvchi hukumat muassasalari.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |