Kontent qismiga oʻtish

Devonaboy jome masjidi

Koordinatalari: 40°47′16.32″N 72°20′29.106″E / 40.7878667°N 72.34141833°E / 40.7878667; 72.34141833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Devonaboy jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Andijon
Manzil Hunarmand MFY, Mustaqillik koʻchasi 14-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Asosiy sana:
1870-yil
Soʻngi imom Rojiddinov Miftohiddin[1]
Maqomi Ishlaydi
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 50 metr
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

40°47′16.32″N 72°20′29.106″E / 40.7878667°N 72.34141833°E / 40.7878667; 72.34141833

Devonaboy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan. Masjid 1870-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan va 1950-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Jome masjidi madrasa va minora bilan birgalikda bir yarim gektar maydonni egallagan. Shuningdek, majmuaning hududida Andijon viloyati Adabiyot va san'at muzeyi joylashgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 15000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2021-yilda qayta taʼmirlangan.

Masjid binosi yonida ikkita minorasi boʻlib, har birining balandligi 50 metrni tashkil etadi.

  1. „“Девонабой” жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 22-dekabr 2023-yil.