Kontent qismiga oʻtish

Deygish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deygish — daryoning kuchli oqimi va suv satx,ining keskin oʻzgarishi nati-jasida qirgʻoqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirgʻoq oʻpirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini vayron qiladi, xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Oʻtmishda Xorazm vohasidagi tabiiy ofat turlaridan biri boʻlgan. Ya. Gʻulomovning yozishiga kura, Amudaryoda toshqin paytida suv sathi yerga nisbatan 0,6—1,6 m baland koʻtariladi. Shuning uchun har ikki qirgʻ-oqning yoqasida baland dambalar (krchilar) qurilgan, bu dambalar vohani suv bosishdan saqlagan. Dare suvi asta-sekin qirgʻoklarni yuvgan, baʼzan butun-butun joylarni yuvib ketgan, baʼzan esa yangi sayozliklar va orollar hosil qilgan. Bu dahshatli oqimga Xorazm vohasida maxsus "D." yoki "yiqqin" (qozoq va qoraqalpoklar tilida) degan nomlar berilgan. D. bundan ming yil ilgari Xorazmning kad. poytaxti — Kot sh.ni butunlay yuvib, yoʻq qilib yuborgan. D. Amudaryonnng oʻrta va quyi oqimida, ayniqsa, yozgi toshqin davrida (iyun — avgust) tez-tez sodir boʻladi. Suvning koʻtarilishi va pasayishi koʻpincha 8—10 kun davomida roʻy beradi. D. daryolarda suv kamaygan davrda (noyab.— dekabr) ham kuzatiladi. Amudaryo oʻzani bir necha yil davomida 5–6 km va undan koʻproq suriladi. Dare oʻzanida yangidan-yangi sayozlik va chuqur joylar, orolchalar paydo boʻladi, birok, ular bir joyda turmasdan siljib yuradi. Bu esa kanallarga suv olish ishlarini qiyinlashtiradi. 1937-yil D. oqibatida Toʻrtkoʻl sh. vayron boʻlgan. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali tartibga solingach, bu yerlarda D. xrdisasining taʼsiri bir oz pasaydi. D.ga karshi kurashning samarali usuli — daryo oqimi kuchini qirqadigan va qirgʻoqning yuvilishini kamayti-radigan toʻgʻrilagich qurilmalar oʻrna-tishdir. Amudaryoning quyi oqimida, asosan yirik suv olish inshootlari yaqinida 10 dan ortiq shunday toʻgʻrilagichlar barpo etilgan. Qirgʻoqni yuvilishdan saqlash uchun dambalar quriladi. Bir-biridan 200–250 m masofada qurilgan qoʻsh dambalar eng turgʻun va chidamli hisoblanadi. Har 1–2 km birinchi va ikkinchi katorlar orasida koʻndalang damba (traverslar) barpo qilinadi. Tuproqdan yasalgan bunday kutarmalar Amudaryoning quyi oqimida ikkala qirgʻoq boʻylab 900 km dan ortiq masofada qurilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil