Dezintegrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dezintegrator (dez... va lot. integer — butun) — 1) moʻrt materiallarni maydalovchi mashina. Kojux ichiga joylashtirilgan, qaramaqarshi tomonga aylanuvchi vallarga oʻrnatilgan ikki diyekdan iborat. Material disklardagi barmoklarga urilib maydalanadi. D. koʻmir, tuz, oqak, tuproq kabi materiallarni maydalashda ishlatiladi. D. qorgich vazifasini ham oʻtaydi; 2) sanoat gazlarini qattiq yoki suyuq zarralardan tozalaydigan apparat. Gaz D.i rotoridan purkaladigan suv (yoki boshqa suyuklik) bilan tozalanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil