Kontent qismiga oʻtish

Dezoksiribonukleaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dezoksiribonukleaza (Desoxyribonucleasa) — dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) ning gidrolitik parchalanishi — depolimerlanishini tezlatadigan ferment; gidrolazlar sinfiga mansub. D. meʼda osti bezida, tirik organizmning deyarli barcha hujayralarida va mikroorganizmlarda boʻladi. Meʼda osti bezi D.si yaxshi oʻrganilgan. Bu ferment katabolik funksiyani bajaradi (qarang Katabolizm), u ovqatdagi DNK ni ichaklarda oson soʻriladigan nukleotidlarga aylantiradi. Undan tashqari, replikatsiya va reperatsiya (buzilgan DNK strukturasini tiklash) jarayonida qatnashadi. D. preparati qoramolning meʼda osti bezidan tayyorlanadi. Adenoviruslarishnt koʻpayishini toʻxtatadi va ekssudatning yopishkrkligini kamaytiradi. Adenoviruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar (konʼyunktivit, keratit, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi), bronxoektaziya, oʻpka abssessi, pnevmoniyada buyuriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil