Kontent qismiga oʻtish

Diazometan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diazometan, CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish temperaturasi — 145°, qaynash temperaturasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. D.ni ilk bor 1894-yilda nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor taʼsir ettirib olgan. Karbon kislotalar va b. organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil