Kontent qismiga oʻtish

Dielektrik kuchaytirgich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dielektrik kuchaytirgich – asosiy kuchaytiruvchi elementi segnetoelektrikli kondensatordan iborat boʻlgan elektr tebranishlari kuchaytir-gichi; keladigan kuchlanish oʻzgarganda kondensator sigʻimi oʻzgarib, elektr tebranishlar kuchayadi. Koʻpincha D. k.ning kuchaytirish kaskadida segneto-elektrikli kondensatorlar elektrik koʻprik sxemasida ulanadi. D. k.ning bir kaskadidan beriladigan kuchlanish boʻyicha past chastotali elektr tebranishlarni 100 martagacha kuchaytirish mumkin. Lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarda kuchaytirishni oshirish uchun alohida kuchaytirish kaskadlari birin-ketin ulanishi mumkin. Ishlash tarzi boʻyicha D. k. magnitli kuchaytirgichga oʻxshash; asosan, avtomatika, signalizatsiya qurilmalari va b.da ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil