Kontent qismiga oʻtish

Difenil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Difenil, fenilbenzol (S6N5)2 — oʻzaro bogʻlangan ikkita fenil radikalidan tashkil topgan rangeiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 71°, qaynash temperaturasi 255°, zichligi 1156 kg/m3 (25°). Suvda erimaydi, spirt, efir, benzol va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. D. termik barkaror modda. Sanoatda benzoddan piroliz yoʻli bilan olinadi. Lab.da D. benzol yodidga natriy yoki mis taʼsir ettirib, shuningdek, aro-matik birikmalarni peroksid kislotalar taʼsirida oksidlash usuli bilan olinadi. D. boʻyoqlar i. ch.da muhim yarim xom ashyo hisoblanadi. Uning difeniloksid bilan aralashmasi issiqlik oʻtkazuvchi modda sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil