Kontent qismiga oʻtish

Dikiriy va Trikiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dikiriy va Trikiriy- pravoslavlikda oliy ruhoniylik martabasi (arxiyerey)ning marosimiy atributlaridan sanaladi. Dikiriy va trikiriy so‘zlari yunon tilidan olingan bo‘lib, dikiriy ikki shamdon, trikiriy so‘zi esa, uch shamdon degan ma’noni anglatadi. Makur marosimiy ashyolardan IV-V asrlarda diniy atribut sifatida foydalanila boshlangan. Ibodat vaqtida arxiyerey dikiriy va trikiriy yordamida ibodat qiluvchilarni duo qiladi. Ayrim monastrlarda dikiriy va trikiriy atributlaridan foydalanib fotiha berish huquqi arximandritlarga ham berilgan. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, dikiriyga o‘rnatilgan ikki sham Isoning inson va xudo timsoli sifatida, trikiriydagi uch sham esa, ipostas - muqaddas uchlik ramzi deb e’tirof etiladi. Dikiriyning o‘rta qismida xoch o‘rnatilgan bo‘lib, xristianlarning ta’kidlashicha u Isoni insoniyatni qutqarish uchun o‘zini qurbon qilganligini anglatib, eslatib turadi. Trikiriyda esa xoch timsoli tushirilmagan bo‘ladi. Chunki, xristianlik ta’limotiga ko‘ra, xudoning inson qiyofasida ko‘rinishi o‘zini qurbonlikka keltirgan xolos[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 155.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.