Kontent qismiga oʻtish

Dikkit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dikkit — kaolinitning polimorf turiga mansub gil minerali. Kimyoviy formulasi Al4[Si4Ol0] (OH)S. Birinchi marta aniklagan amerikalik mineralog Dikka nomi bilan atalgan. Kristallari tiniq plastinkasimon. Rangsiz, oq, sargʻish va koʻkimtir. Qattiqligi 2,5—3,5; zichligi 2,6 g/sm3. Past temperaturali gidrotermal mineral. Kvars, dolomit, seritsit, kaolinit, gidroslyuda, galluazit bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlarida (Oqtosh, Oqsoqota, Qoronkoʻl, Gushsoy va b.) ikkilamchi kvarsitlarda D.ning toʻplamlari aniklangan. Qozogʻiston (Qoracheku va Qoʻngʻirot, Kavkaz (shim.-gʻarbidagi simob konlarda), Ukraina (Nikitovka)da bor. Oqsoqota konidakvars, barit, diaspor, pirofillit, muskovit, gematit, simob, oltin va b. bilan birga D.ning choʻziq kristali uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil