Dikmen Vadisi
Dikmen Vadisi | |
---|---|
Dikmen Vadisi ko'rinishi | |
Turi | park |
Manzil | Anqara, Turkiya |
Holat | Yil davomida ochiq |
Dikmen Vadisi — Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan mashhur dam olish va koʻngilochar maskan[1].
U koʻp yillar mobaynida qarovsiz holdagi xaroba joy boʻlgan, shahar qurilishi loyihasi orqali taʼmirlash va qayta tiklash ishlari boshlangan. Yonidagi inshootlar bosqichma-bosqich buzilib, hudud qayta tartibga solingan. Bugungi kunda u Anqara shahar hokimiyatiga qarashli park hisoblanadi va koʻplab sport, yugurish maydonlari, hovuzlar, kafelarni oʻz ichiga oladi[2].
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vodiy Anqaraning Çankaya ilçe tumanida, Dikmen mahallasidagi qurib qolgan ariq oʻrnida joylashgan boʻlib, Dikmen va Ayrancı mahallalari boʻylab shimoldan sharqqa yoʻnaladi. Gʻarbdan Dikmen koʻchasi, sharqdan Hoşdere koʻchasi bilan bogʻlanadi. Uni ikkita yirik yoʻl oʻtkazgich koʻprik kesib oʻtadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vodiy bir necha yil avval shahar markazidan uzoqda joylashgan qishloq boʻlgan. Anqara aholisi oʻsib borgan sari 1970-yilga kelib vodiy atroflari ham egallana boshlandi. Atrofida zamonaviy mahallalar paydo boʻldi. 1990-yilda Anqara hukumati tomonidan dam olish maskani tashkil qilish loyihasi ishlab chiqildi. Qishloq aholisi va hukumat kelishib, qishloq oʻrni evakuatsiya qilinadigan boʻldi va dam olish maskani uch bosqichda tashkil etila boshladi. 1996-yil 13-sentyabrda birinchi bosqich, 2002-yilda ikkinchi, 2009-yilda uchinchi bosqich tugatildi.
Dam olish zonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy maydoni 70,7 ga boʻlib, 68 ta doʻkon va qahvaxonalar, ikkita basseyn, ikkita sport markazi hamda 3 kmlik trekking yoʻli mavjud. Bundan tashqari, kuzatuv maydoni, toqqa chiqish yoʻli, masjid va bolalar oʻyingohi faoliyat yuritadi[4]. Vodiy hududi 378 000 m2 maydonni egallaydi. Uning 31 000 m2 maydonida hovuz, 87 500 m2 maydonda yer maydoni, qolgan 260 000 m2 maydonda esa 120 000 dan ortiq manzarali bargli va ignabargli daraxtlar tashkillashtirilgan. Oʻsimliklardan 50 ga yaqin tur uchraydi[5]. Vodiy manzarasida tabiiy muhit yaratilgan boʻlib, ikkita katta va bitta kichik sharsharalar mavjud. Atrofida bir qancha zamonaviy binolar va koʻp qavatli turar-joylar bor[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Map page“.
- ↑ „Burcu Karael (28 Eylül 2016)“. 2016-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 eylül 2019..
- ↑ „Ankara kalesi page (in Turkish)“. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ „Gezimanya page (in Turkish)“.
- ↑ „ANFA Genel Müdürlüğü.“. 16 Eylül 2019. 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ „^ "Dikmen Vadisi - Ankara".“. Kültür Portalı. Qaraldi: 16 eylül 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi.