Dil
Dil - tasavvufda ilohiy xitobning, ma’rifat va irfonning namoyon boʻladigan oʻrni.
Dil oriflar tilida ilohiy sirlar makoni va maxzani boʻlgan joy, hakimlar uni nafsi notiqa yoki qalb deydi.
Qalb ikki xil ma’noda qoʻllanadi: 1. Inson yuragi. 2. Insonning chap koʻkragidan ikki barmoq pastda joylashgan ruhoniy latifa boʻlib, rahmoniy fayz va nur nozil boʻladigan, tajalliy joydir.
Sufiylar tomonidan ham qalb deganda aynan shu ruhoniy latifa nazarda tutgan.
Tasavvufga koʻra qalbning turi yettitadir bular, sadr - islom javharining oʻchogʻi; qalb -imon javharining oʻchogʻi; shigʻof - xalqni sevish, xalq uchun kuyinish joyi; fuod - koʻngilning mushohada maskani; habbat ul-qalb - Haqqa qaratilgan muhabbat makoni; suvaydo - gʻaybiy mukoshafa joyi; muhjat ul-qalb - tajalliy makoni[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.