Kontent qismiga oʻtish

Dilatometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilatometr (lot. dilato — kengaytiraman va ...metr) — issiqlik, bosim, elektr va magnit maydoni, ion-lovchi nurlanish va hokazo taʼsirida jism oʻlchamlarining oʻzgarishini oʻlchaydigan asbob. Jism oʻlchamlarining mutlaq oʻzgarishiga sezgirligi D.ning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. D.ning optikmexanik, sigʻimli, induksion, rentgen, radiorezonans va b. xillari mavjud. Optik-mexanik D. yorugʻlik nuri yordamida jism oʻlchamining oʻzgarishini oʻlchaydi. Sigʻimli D.da jism oʻlchami oʻzgarishi bilan kondensator sigʻimi oʻzgaradi. Barcha D.lar oldindan kalibrlangan boʻladi. D. bilan suyuq yoki gazsimon moddalarning hajmiy oʻzgarishi ham aniqlanadi. D. kimyo sanoatida, texnika, fizika va b.da koʻp ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil