Kontent qismiga oʻtish

Dilaver Osmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilaver Osmonov
Tavalludi 18-aprel 1988-yil
Kasbi Dirijyorlik
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina

Dilaver Midatovich Osmonov (Usmon) (1988-yil 18-aprelda tugʻilgan, Guliston, Sirdaryo viloyati, O'zbekiston SSR) – Kiyev shahar akademik bolalar va oʻsmirlar opera-balet teatri dirijyori[1][2]. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist.

Dilaver Osmonov Midatovich 1988-yil 18-aprelda O'zbekiston SSRning Guliston shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Pyotr Chaykovskiy nomidagi Simferopol musiqa maktabini (V.Xnatik sinfi) tamomlagan. 2005-yilda Sergey Prokofyev nomidagi Donetsk davlat musiqa akademiyasida (V.Podolchuk sinfi) tahsil olgan. 2010-yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Ukraina Milliy musiqa akademiyasini tugatgan (V.Zdorenko sinfi).

Mehnat faoliyatini Anatoliy Solovyanenko nomidagi Donetsk akademik opera va balet teatrida boshlagan.

Dilaver Osmonov 2005—2011-yillarda Ukraina Milliy musiqa akademiyasi Opera studiyasi orkestri artisti (2019-yildan bu yerda opera va simfonik dirijyorlik kafedrasida dirijyorlik yoʻnalishida dars beradi).

Dilaver Osmonov 2006-yildan 2018-yilgacha Kiyev shahar akademik bolalar va oʻsmirlar opera va balet teatri orkestri artisti boʻlgan.

2012—2016-yillarda Kiyevda M.Lisenko nomidagi musiqa maktabida oʻqituvchi va Ukraina Milliy nafas orkestri dirijyori boʻlgan.

2017-yildan beri u Kiyev shahar akademik bolalar va oʻsmirlar opera va balet teatrining dirijyori. Shu bilan birga, 2018—2019-yillarda u Ukraina Davlat akademik estrada simfonik orkestri dirijyori va Lugansk davlat madaniyat va sanʼat akademiyasining oʻqituvchisi boʻlgan.

Ukrainada oʻtkazilgan xalqaro tanlovlar va festivallarning koʻp marotaba ishtirokchisi va sovrindori.

U tematik konsertlar, musiqiy ertaklar, opera va balet durdonalarini sahnalashtirgan, jumladan: M. Rimskiy-Korsakovning „Rojdestvo oldidan kechasi“, B.Pavlovskiyning „Oppoq qor va yetti gnom“, S.Prokofyev musiqasiga „Petri va boʻri“, K.Sen-Saens musiqasiga „Hayvonlar karnavali“, F.Shubert musiqasiga „Abadiy sevgi afsonasi“, Motsartning „Figaroning uylanishi“, P.Chaykovskiyning „Shelkunchik“ va boshqalar.

Qrim-tatar xalq qoʻshiqlarining mashhur ijrochisi Dilaver Osmonov „Qirim“ ansamblining solisti boʻlgan[3][4].

Dilaver Osmonov Myron Starovetskiy tanlovi laureati boʻlgan.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]