Kontent qismiga oʻtish

Dilbar Ismoilova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dilbar Obidovna Ismoilova (1938-yil 11-avgust, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Zaynab Savriyevaning qizi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 1958—1987-yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Oʻzbek davlat drama teatrida aktrisa. „Xolisxon“ (Hamza) spektaklidagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Oʻz ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlar yaratgan: Qamarabonu (B.Avazov, „Furqat“), Kamola (R. Tagor, „Gang daryosining qizi“), Guli (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Nuri (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Margarita (A. Dyuma, „Ajal minorasi“), Oyimjahon (K. Yashin, „Buxoro“), Lutfi (Said Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Anvara, Risolat (Oʻlmas Umarbekov, „Qiyomat qarz“, „Shoshma, quyosh“), Uvaysiy (Turob Toʻla, „Nodirabegim“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Bayla (Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“), Mastura satang (Hamza, „Paranji sirlari“), Gonerilya (Uilyam Shekspir, „Qirol Lir“) va boshqa obrazlarni jonlantirgan dublyaj sanʼati ustalaridan. U „Ganga va Jamna“, „Hur qizlar“, „Anna Karenina“, „Morena Klara“, „Muhabbat qahvasi“, „Gvadalaupe“ va boshqa filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1998)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil