Kontent qismiga oʻtish

Dilnaz Axmadiyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dilnaz
Axmadieva Dilnaz
Tavalludi
Ahmadiyeva Dilnoz

1980-yil, 20-noyabr
Fuqaroligi  Qozogʻiston
Kasbi qoʻshiqchi, aktrisa

Ahmadiyeva Dilnaz Muratovna - 1980-yil 20-noyabrda Almati shahrida dunyoga kelgan. Millati uygʻur.

Otasi — Ahmadiyev Murod Abdurahimovich, Qozogʻiston Respublikasining xalq artisti, Qozogʻiston Respublikasining Parlament Majlisining deputati. Onasi — Hoshimova Rizvongul Muhammedovna, aktrisa, televiziya diktori boʻlib ishlagan.

Qozoq davlat xalqaro tillar universitetining ingliz tili fakultetini bitirgan (2002), tarjimon-referent. Hozirgi kunda Gollivudda akterlik kasb kurslarida oʻqiydi (AQSh).

rus, qozoq, uygʻur, ingliz va ispan (lugʻat asosida) tillarini biladi.

1997-2007-yillarda — „Davlat respublika uygʻur teatri“ RKQK solist-vokalisi.

Hozirgi kunda xususiy mansabi bilan shugʻullanadi.

„Siyqirli alma“ musiqiy filmida (1984), amerika-qozogʻiston birgalikda tasvirga olgan „Kochevniki“ filmida (2003) rol ijro etgan.

Xobbisi — bilyard.

Qiziqib oʻqiydigan adabiyoti — koʻrkam adabiyot, tarixiy romanlar.

17-sentyabr 2011-yili Astana shahridagi restoranlarning birida Dilnaz Axmadieva va xususiy tadbirkor Axmad ismli yigit bilan nikoh toʻyi boʻldi[1]

  • „Mojet odnajdi“ — 2001
  • „Wapadarim“ — 2002
  • „Zolotoy“ — 2005
  • „Moyo serdse“ — 2007
  • „Lyubovyu zadeti“ — 2010
  1. V Astane proshla svadba Dilnaz Axmadievoy, 2011-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-10