Kontent qismiga oʻtish

Dilor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dilor, beta digidrogetaxlor (S]0N7S17) — ekinlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qoʻllanadigan kimyoviy preparat (ichdan taʼsir qiladigan insektitsid). Nim sargʻish tusli, 80% li hoʻllanuvchi kristall kukun holida ishlab chiqariladi. Xlororganik preparatlarga chidami boʻlmagan kusak qurtiga, beda va qand lavlagida uzuntumshuq qoʻngʻizlarga, sabzavotchilikda Kolorado qoʻngʻiziga qarshi qoʻllanadi. Vegetatsiya davrida purkaladi. Soʻnggi ishlov kartoshka hosilini yigʻishdan 20 sutka, qand lavlagi, sabzavotlar, paxta terimidan kamida 30 kun ilgari oʻtkaziladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil