Dilorom Ergasheva
Dilorom Ergasheva | |
---|---|
Tavalludi |
1967-yil |
Taxallusi | DILOROM |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek, turk tillari |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston SSR→ SSSR |
Taʼlimi | OʻzMU |
Yoʻnalish | gʻazalnavis |
Janr | nazm |
Mukofotlari | Doʻstlik ordeni |
Turmush oʻrtogʻi | Abdulla Jabbor |
Bolalari | 2 nafar (1 oʻgʻil, 1 qiz) |
Dilorom Ergasheva— Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira (DILOROM taxallusi bilan sheʼrlar yozadi) 1967-yil Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Namanganda joylashgan „Mashrab“ nashriyoti muharriri sifatida faoliyat olib bormoqda. Namangan adabiy muhitining yetuk namoyondasi Abdulla Jabbor bilan turmush qurgan, ikki nafar farzandi (1 oʻgʻil, 1 qiz) bor. Oʻzbek adabiy olamiga qoʻshgan hissasi yuqori baholanib, 2022-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.[1] Oʻzbekistonlik Mehrinoz Abbosova, Shahriyor Shavkat, Anvar Botir, Nigora Muhammad singari yosh ijodkorlarning ustozi sifatida adabiyot ixlosmandlari orasida alohida mashhurlikka erishgan. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Botirjon Ergashev, Mirzo Kenjabek, Sirojiddin Sayyid bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan. Uning sheʼrlari Shuhrat Daryo, Orifjon Ergashev tomonidan qoʻshiqqa aylangan. Uning sheʼrlari turk, fors, hind, ingliz tillariga tarjima qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони“. president.uz (2022-yil 5-mart). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]H.Homidiy, M.Ma'murov „Namangan adiblari“. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan nashriyoti“-Toshkent, 2007-yil. 268-bet
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „В Наманганском инженерно-строительном институте состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвященное празднику узбекского языка.“. nammqi.uz (21-oktyabr 2023-yil). 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2024-yil.