Dimetilformamid
Dimetilformamid, chumoli kislota dimetilamidi, HCON(CH3)2 — oʻziga xos hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 73,09. Suyuqlanish temperaturasi — 61°, qaynash temperaturasi 153°, zichligi 944,5 kg/m3 (25°); suv, spirt, atseton, efir, benzol, uglerod sulfid (CS2)ra aralashadi. Sanoatda chumoli kislotani dimetilamin bilan kondensatlash, metilformiat aminozolini dimetilamin bilan 80—120° temperatura va 0,1 — 0,4 MPa bosimda kondensatlash, me-tilaminni 100—150° temperatura va 2,5—20 MPa bosimda CH,ONa ishtirokida metanolda karbonillash usullari bilan olinadi. Neft pirolizi gazlari aralashmalaridan atsetilen va diyen uglevodorodlarni ajratib olishda, poliakril tolalar (sitron, orlon va b.), tasmalar, lok-boʻyoq materiallar, teri, qogʻoz, yogʻoch, viskoza tola va b. materiallar i. ch.da erituvchi sifatida qoʻllanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |